Shahzod Shamsiddinov: "Nurafshon" safida oliy ligada o'ynagan futbolchilar ko'p"

Narzulla Saydullayev
14 may 2018, 20:02
PRO-liganing 9-turida o'rin olgan "Labsa" - "Nurafshon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar posboni Shahzod Shamsiddinov championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Uchrashuv haqida fikringiz...- Bugungi o'yin juda ham shiddatli va murosasiz kechdi. Uchrashuv oxirigacha kurashib kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Bu g'alabani muxlislarga bag'ishlaymiz.

- Raqib haqida nima deya olasiz?
- "Nurafshon" anchagina kuchli jamoa ekan. Ularning safida oliy liga havosidan bahramand bo'lgan futbolchilar juda ko'p. Shunga qaramay jamoaviy o'yin namoyish etib niyatimizga erishdik.

- Keyingi turda ham "Nurafshon"ga qarshi o'ynaysizlar. Faqat safarda...
- Har bir jamoa o'z uyida, muxlislari qarshisida kuchliroq o'ynashga harakat qiladi. Bugun "Nurafshon"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilib oldik. Keyingi bahsda ham 3 ochko olishga harakat qilamiz.


Akbar Mirzaev yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia