

"Og'ir o'yin bo'ldi, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Futbolchilarimni tabriklayman va natijadan albatta mamnunman. O'yindan avval shogirdlarimga g'ayrioddiy hech nima demadim, shunchaki bu muhim o'yin ekanligini va juda diqqatli bo'lishimiz kerakligini aytdim. Dastlabki 15 daqiqada raqibga kuchli bosim qilishni tayinladim. Futbolchilarim ko'rsatmalarni a'lo darajada bajarishdi.
Bugungi bahsda besh himoyachi bilan o'ynashga qaror qildik, sababi AGMK safida yaxshi hujumchilar va qanot futbolchilari bor. Shu bois himoyachilar sonini oshirdik.
Ular o'z uslublarini o'zgartirishdi va biz hujumdan himoyaga o'tdik. O'yinga moslashishga urindik," - deydi Mahdi Ali.




