Sevilya – Yuventus. Iguain o'yinda ishtirok etolmasligi mumkin
21 noya 2016, 17:13
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain YCHL 5-tur doirasidagi "Sevilya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin, deya xabar bermoqda Italiya nashri.
"Peskara"ga bilan bo'lgan bellashuvda Iguain oyog'idan jarohat olgan va hujumchi jamoasining bugungi mashg'ulotida ishtirok etmagan.
Ertangi bahsda Iguainning maydonga tushish-tushmasligi hozircha so'roq ostida turibdi.