“Sevilya” “Real” futbolchini sotib olishga harakat qiladi

18 iyun 2019, 07:45
Dani Sebalosga Andalusiya klubi jiddiy qiziqib qoldi.

“Sevilya” “Real”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Dani Sebalosnig yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Andalusiya klubining hozirgi murabbiyi Xulen Lopetegi o'tgan mavsum “Real”da ishlagan va u Danining imkoniyatlaridan xabardor. 

Avvalroq futbolchi Zinedin Zidan bilan birga ishlashni xohlamayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Sebalos o'tgan mavsum La Ligada 23 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS