

Bu haqda klub prezidenti Pepe Kastro ma'lum qildi.
"Biz Sampaoli bilan shartnomani bir yilga uzaytirish niyatidamiz" - deydi Kastro.
"Sevilya" 1/8 finalda "Lester"ga mag'lub bo'lib Chempionlar ligasini tark etdi. Sampaoli ushbu mag'lubiyatdan g'azablanib, kelajagi borasida bo'lgan savollarga javob berishni istamadi.
Sampaoli joriy mavsum boshida "Sevilya" bilan 2 yillik bitim imzolagan edi.



