"Sevilya" himoyachisi "Barselona"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga bir necha top-klublar tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Ammo futbolchining o'zi Kataloniya klubini tanladi.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Barselona" ham top-himoyachi olib kelishni asosiy o'ringa olib chiqqandi. Jyul Kunde esa klubning short-listidan o'rin olgandi.

O'tgan mavsumda Kunde "Sevilya" tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal