"Sevilya" doping tufayli diskvalifikaciya qilinmasa, Mudrikni ijaraga olishi mumkin. Ukrainalik meldoniy uchun 4 yilga chetlatilishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
25 mar 2025, 19:55
"Sevilya" ukrainalik Mixail Mudrikni "Chelsi"dan ijaraga olishi mumkin.

Vinger doping tahlili ijobiy chiqqani uchun futboldan vaqtincha chetlatilgan. Xabar qilinishicha, noyabr oyida terma jamoadagi o'yinidan keyin Mudrikda meldoniy aniqlangan - shundan beri u maydonga tushmayapti.

Agar B doping-probasi ham ijobiy natija bersa, sabotaj yoki test bayonnomasida xatolik isbotlanmasa, u 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

"Sevilya" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va agar u oqlansa yoki diskvalifikaciya muddati bir necha oyga qisqartirilsa, vingerni ijaraga olishni kutmoqda.

Mudrik joriy mavsum "Chelsi" safida APLda 7ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Diario Sport