Seten Lautaro haqida: "Kim ham Messi bilan o'ynashni xohlamaydi deysiz?"

Alisher
1 may 2020, 17:17
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten "Inter" forvardi Lautaro Martinesning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Lautaro ajoyib o'yinchi. U Messiga yoqadimi? Undan so'rab ko'rish kerak.

Umuman olganda barcha yaxshi o'yinchilarga "Barselona" qiziqishi mumkin. Shuningdek, Leo bilan bir jamoada bo'lish - ko'p o'yinchilar uchun katta motivaciya. Kim ham Messi bilan o'ynashni xohlamaydi deysiz?", - deydi Seten.

Martines joriy mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport