Serxio Ramos: "Xudbin bo'lmaslik uchun ikkinchi penaltini Benzemaga berdim"

Omonjon To`xtamirzayev
29 avg 2018, 12:40
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Jirona"ga qarshi o'yinda nega ikkinchi penaltini tepmaganiga izoh berdi.

"Real Madrid" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionati 2-tur doirasida "Jirona"ga qarshi o'yinda (4:1) ikkinchi penaltini tepish huquqini nega Karim Benzemaga qoldirganini tushuntirib berdi.

"Men jamoada 11 metrlik zarbalarni amalga oshirishda birinchiman, bu borada ikkinchi aynan Karim Benzema.

O'ylashimcha, inson "egoist" (xudbin) bo'lmasligi kerak, birinchi navbatda jamoa manfaatlarini o'ylash zarur, – dedi Ramos.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru