
Ispan futbolchisining so'zlari ko'ra, bunday hayqiriqlardan hattoki uning quloqlari ham og'rigan.
- Muxlislar o'rindig'i tomonidan katta energiya chiqayotgandek edi va bundan hattoki quloqlar ham og'rishni boshladi. Bunday vaziyatlarda futbolchilarning bir-biroviga ko'rsatma berishi qiyin bo'lib qoladi. Hisobga qarab o'yin oson bo'lgan deb o'ylash mumkin albatta, biroq bizga haqiqatdan ham qiyin bo'ldi. Barchamiz Turkiyada g'alabaga erishish qiyinligini yaxshi bilamiz. Bizga oddiy guruh tushmagan, chunki “Yuventus” ham Kopengagenda g'alabaga erisha olmadi, - Ramosning so'zlarini keltiradi AS.