Serxio Ramos: Kasilyas - Ispaniya terma jamoasi va "Real"ning haqiqiy sardori
Aziz Tukhtamuradov
21 mar 2014, 08:46
Madridning "Real" jamoasi himoyachisi Serxio Ramosning fikricha darvozabon Iker Kasilyas haqiqiy sardor hisoblanadi.
"Iker - terma jamoa va klubda haqiqiy sardor. Men esa ikkinchi sardorman. O'z jamoasida yetakchi va uning aksi bo'lgan sardorlarni ko'pini ko'rganman. Kasilyas esa haqiqiy yetakchi", - deydi Ramos.