Serxio Aguero “Atletiko”ga qaytishi mumkin

11 may 2018, 09:15
“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero yozda “Atletiko” a'zosiga aylanishi mumkin.

Madridliklar yozda “Barselona”ga ketishi mumkin bo'lgan Antuan Grizmannga o'rinbosar qidiruvini boshlab yuborgan. “Atletiko“ rahbariyati allaqachon amalga oshishi mumkin transferni muhokama qilish maqsadida 29 yoshli argentinalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishga ulgurgan. Aguero tomon taklifni rad etmagan, ammo muzokaralar Jahon Chempionatidan so'ng davom ettiriladi, sababi Serxio hozirda bor e'tiborini Argentina termasiga qaratgan.

Eslatib o'tamiz, Aguero 2006 dan 2011 yilgacha “Atletiko M”da to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca.com