Serxio Aguero APL mutloq rekordini yangilashga yaqin

Narzulla Saydullayev
21 avg 2018, 14:20
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero APL 2-turida "Xaddersfild" darvozasiga uchta gol urdi.

Shu tariqa, argentinalik hujumchi Angliya premer-ligasida to'qqizinchi marta xet-trik qayd etdi. APL tarixida eng ko'p xet-trik qayd etgan futbolchi Alan Shirer hisoblanadi. Sobiq hujumchi 11 marta shunday natija qayd etgan. 

Aguero yana ikki marta xet-trik qayd etsa mutloq rekordni takrorlaydi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball