Serxi Roberto "Tottenxem" bilan o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi "Atletik"ga qarshi bahsda jarohat oldi.

Bundan tashqari, Serxi Roberto "Valensiya" bilan o'yinda ham qatnasha olmaydi.

"Barselona" Chempionlar ligasining birinchi turida PSVni 4:0 hisobida taslim etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS