Haqiqatan ham, klub rahbariyati va murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lgan, ammo hali transferlar haqida gap-so'z yo'q ekan. Bu haqda Serverning o'zi "SA"ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
- Koreya matbuotidagi xabarlarni o'qidim. Haqiqatan ham, klubda o'zgarishlar bo'layotgani rost. Har kuni yangi bir yangilikka duch kelish mumkin, - deydi Jeparov.
- Yangi murabbiy ish boshladimi?
- Ha, An Ik Su iste'foga chiqarilib, Park Jong Xvan bosh murabbiy bo'ldi. Tabiiyki, yangi mutaxassis jamoaga yangiliklarni tadbiq etadi. Lekin qanday? Bu bizga qorong'u. Qolaversa, klub rahbarlari ham o'zgardi. Jamoaning o'tgan yilgi natijalari qoniqarsiz deb topildi.
- Park Jon bilan gaplashdingizmi?
- Yo'q, hali murabbiy bilan gaplashmadim. 31 yanvar kuni Turkiyaga ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun jo'nab ketamiz. Antaliyadagi yig'inga boradigan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan ekanman, demak hamon Seongnam klubi a'zosiman.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi