Sergey Kovshov: "Qo'qon-1912"da ortga yo'l yo'q"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2016
"Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvidan oldin mezbonlar murabbiyi Sergey Kovshov o'z fikrlarini bildirdi.
"Jamoaga yangi bosh murabbiy keldi. No'mon Hasanov "qo'qon-1912"dagi debyutini o'tkazadi. Biz o'z uyimizda o'ynaymiz shu bois "So'g'diyona"ni mag'lub etishimiz shart. Shunda musobaqa jadvalidagi holatimizni yaxshilab olamiz. Ortga yo'l yo'q. Murabbiylar shtabidagi g'alabaga bo'lgan ishonch futbolchilarga ham o'tishi kerak", - deydi Sergey Kovshov.


"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia