Sergey Kovshov: “Loko”ga qarshi o'ynash biz uchun qiziqarli”

Narzulla Saydullayev
30 may 2016, 12:50
Oliy liga 10-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Kovshov o'yin oldi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Lokomotiv” hozirgi  kunda mamlakatimizning  eng  kuchli  jamoasi sanaladi.  Ular bejizga Osiyo chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmayapti.  Har bir chiziqda yetakchi futbolchilar bor. Bunday jamoaga qarshi o'ynash qiziqarli bo'ladi. Bugun shogirdlarimdan  katta ishtiyoq, g'alabaga bo'lgan ishonch bilan maydonga  tushishlarini talab qilaman. Biz o'yinda shijoatimiz va borimizni berib o'ynash orqali muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.  Ko'p narsa bizning qanday  o'yin namoyish  etishimizga  bog'liq. Yigitlar agar 90-daqiqa maydonda  borlarini berib harakat qilishsa, o'ylaymanki, natija ijobiy bo'ladi" - deydi Sergey Kovshov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia