Sergeev faoliyatini Yaponiyada davom ettirishga yaqin

Narzulla Saydullayev
11 dek 2015
Oliy liga - 2015 to'purari Igor Sergeevning "Paxtakor"ni tark etishi aniq bo'lib ulgurgan.

Ammo uni qaysi jamoa safida ko'rishimiz noma'lum bo'lib turgandi. Faoliyatini Yevropada davom ettirishni maqsad qilayotgan futbolchi yangi yilni Yaponiya "J-ligasi"da boshlashga yaqin turibdi. Unga jiddiy qiziqish bildirgan "Sanfrechche Xirosima" jamoasi kecha boshlangan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etyapti.

"Paxtakor" o'z hujumchisini ijara asosida "Sanfrechche Xirosima"ga transfer qiladi.

Bunga sabab, oliy ligadan ko'ra Yaponiya ligasini yevropalik skautlarni kuzatishlari. Agar Sergeev u yerda ham o'zini ko'rsata olsa, uning transfer qiymati bir necha barobarga oshishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, aynan shunday uslub bilan Odil Ahmedov "Paxtakor"dan "Anji"ga transfer qilingan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia