Serbiya futbol ittifoqi Shveytsariyaga qarshi bahsdagi hakamlik borasida etiroz bildiradi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2018, 10:38
Serbiya futbol ittifoqi Shveytsariyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichi 2-tur bahsida ishlagan Felik Brix ishi ustidan FIFAga etiroz bildirmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 22 iyun kuni Kaliningradda o'tgan o'yin 2:1 hisobida shveytsariyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

"Shveytsariyaga qarshi bahsdagi hakamlik borasida FIFAga etiroz yuboramiz. Penaltidan tashqari bizga qarshi ishlagan ko'plab qarorlar bo'ldi" - deydi Serbiya futbol ittifoqi bosh kotibi Yovan Shurbatovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ТАСС