Semedu "Barselona"ni tark etishi mumkin. Unga APL va A Seriyadan takliflar bor

15 may 2019, 22:00
"Barselona" himoyachisi Nelson Semedu o'zining kelajagi borasida bir qarorga kelishi shart.

"25 yoshli portugaliyalik klubda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlamoqda", - deya xabar beradi Marca nashri.

Semedu uchun 35 million evro bera oladigan APL va A seriya klublari uni o'rganib chiqishmoqda.

Joriy mavsum portugaliyalik himoyachi 25 o'yinda maydonga tushib 2 ta golli uzatma berdi va bir bor raqib darvozasini ishg'ol etdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com