Sem Ellardays: Angliya muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2016
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays JCH-2018 saralashi doirasidagi Slovakiyaga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Asabiy o'yin bo'ldi, slovakiyaliklar safida chetlatish bo'lganidan so'ng biz yutishimiz shart edi.

Haqli tarzda so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondik. Butun o'yin davomida tashabbusga ega bo'ldik va g'alaba qozondik.

Runi? U o'zi istagan joyda o'ynadi. Ueyn yarim himoyani boshqardi, – deydi Ellardays.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com