"Seltik" "Vest Xem" forvardini nishonga oldi

Alisher
22 iyul 2020, 15:00
"Vest Xem" hujumchisi Albian Ayeti "Seltik" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Klub yozgi transferlar oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va shveytsariyalik forvardni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga urinib ko'radi.

Futbolchining narxi 8 million funt atrofida baholanmoqda.

Ayeti "Vest Xem"ga o'tgan yozda "Bazel"dan o'tgan edi. 23 yoshli o'yinchi joriy mavsum jamoasi safida 12ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports