"Seltik" - PSJ. Bosh murabbiylar qanday fikrda?

Tolibjon Qosimov
12 sen 2017, 19:36
Yevropa chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan "Seltik" - PSJ uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari o'z fikrlarini bildirdi.


"Seltik" murabbiyi, Brendan Rodjers:

"Har qanday holatda ham biz xotirjamlikni saqlashimiz  va o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilishimiz kerak. Qarshi hujumda o'ynashimizga to'g'ri kelishi mumkun, lekin bu bizning g'alaba qozonish maqsadimizni o'zgartirmaydi. Bu mavsum biz Chempionlar ligasiga oldingi yildan farqli yaxshi tayyorgarlik ko'rdik shuning uchun har qanday raqib bilan kurashishga tayyormiz"



PSJ murabbiyi, Unai Emeri:

"Biz gruppada birinchi bo'lishni xohlaymiz va bunga kuchimiz etadi. "Bavariya" juda kuchli. Ular bilan biz guruh favoritimiz. Lekin, syurpriz tayyorlashi mumkin bo'lgan yana ikki jamoa bor. "Seltik" o'z uyida juda xavfli. Bu klub boy tarixga ega. "Anderlex"tni biz juda hurmat qilamiz. Hamma jamoaga hurmat saqlagan holda biz birinchi bo'lishimiz lozim".


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com