"Selta" bosh murabbiy Koudet bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
18 iyun 2021, 14:43
"Selta" bosh murabbiyi Eduardo Koudet jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda Vigo klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Argentinalik mutaxassisning ispan klubi bilan tuzgan yangi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Koudet bilan birga jamoada uning butun murabbiylar shtabi ham qoladi.

Murabbiy "Selta"da 2020 yilning noyabridan buyon ishlamoqda. Jamoa o'tgan mavsum La Ligada 8-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RCCelta