Sehrli: MYU o'yinchisi yangi shartnomani ruchkani teskari ushlagan holda uzaytirdi

Alisher
6 iyul 2019, 11:31
"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi Aksel Tuanzebe bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.

Aksel Tuanzebe klub bilan 2022 yilgacha amal qiladigan shartnomani imzoladi.

U yakunlangan mavsumni ijara asosida "Aston Villa" klubida o'tkazgan edi.

Tuanzebe Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

Yangilik muhimligini yo'qotdi. Chunki muxlislar qiziq bir jihatga e'tibor qaratishdi. Futbolchi shartnomani ruchkani teskari ushlagan holda imzolagani suratda o'z aksini topgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: isport.ua