Sebalos Olimpiadada olgan jarohatini tiklashi uchun kamida bir oy kerak

Aslanov Jasurbek
11 avg 2021, 00:03
Dani Sebalos kamida bir oyni jarohatidan qutulish uchun sarflaydi.

"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasida jarohat olgandi. Misrga qarshi o'yinda, to'pig'idan og'ir jarohat olgan o'yinchi kamida bir oyga safdan chiqgani ma'lum bo'ldi. Sebalosning to'pig'idagi bog'lamlarning uzilgan. Futbolchi sentyabr oyidagi terma jamoalar o'yinlaridan keyin safga qaytishni rejalashtirmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Dani Sebalos 2020/21 yilgi mavsumni "Arsenal"da ijarada o'tkazgandi. U "kanonirlar" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As