Sead Kolashinac: "Arsenal"ga yoshligimdan muxlislik qilaman"

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2017, 21:33
Himoyachi Sead Kolashinac "Shalke-04"dan "Arsenal"ga o'tishini izohlab o'tdi.

"Bu yerda bo'lishdan mamnunman. "Arsenal" bilan 5 yilga shartnoma tuzganimdan hursandman.

"Arsenal" ulkan ananalarga ega klub. Men bu jamoaga Lemann va Anrilar to'p tepgan paytlardan muxlislik qilaman. Klub Yevropada doim mashxur bo'lgan va bu yerdaligimdan mamnunman.

Meni kuchli tomonim mentalitet deb o'ylayman. Jamoaga bor kuchim bilan yordam berishga harakat qilaman."
"Men ko'p nuqtalarda o'ynaganman, lekin chap qanot himoyasida o'zimni juda erkin his qilaman. Shuningdek, 3 markaziy himoyachidan biri vazifasini ham uddalay olaman", - dedi Kolashinac.

Kolashinac - "Shalke-04" tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoada 2012 yildan beri o'ynab kelmoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: arsenal.com