Sautgeyt Angliya termasiga ikki yosh futbolchini chaqiradi

Mirjalol Normatov
26 avg 2018, 14:41
Garet Sautgeyt Angliya termasiga ikki yosh futbolchini chaqiradi.

Mutaxassis Dortmundning "Borussiya"sidan Jeydon Sanchoga imkoniyat bermoqchi. Garet uni Angliyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida ko'rmoqda.

Ikkinchi yosh futbolchi esa "Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden bo'ladi. Shuningdek, "Liverpul"dan Jo Gomes ham milliy termaga chaqiruv olishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror