Saul: “Grizmann darajasidagi futbolchi har qanday jamoada muvaffaqiyatga erishadi”

11 okt 2019, 08:10
Saul “Atletiko”dagi sobiq jamoadoshi Antuan Grizmann haqida gapirdi.

“Grizmann darajasidagi futbolchi har qanday jamoada muvaffaqiyatga erishadi. U jamoada o'zini baxtli, qulay va muhim futbolchi sifatida his etishi lozim. Unga esa faqat futboldan rohatlanish kerak bo'ladi. Har bir jamoada moslashish jarayoni bo'ladi. Grizmann esa “Barselona”dan o'yindan o'yinga baxtli bo'lib boradi”, - deydi Saul.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD