Saudiya Arabistoni klublari "Chelsi"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025, 19:52
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi va vinger Rahim Sterling ko'pgina Yevropa chempionatlarida transfer oynasi yopilganiga qaramay, klubni tark etishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ikkala futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistonida qo'shimcha ro'yxatdan o'tish muddati 10 sentyabrda tugaydi.

Sterling va Disasi bu mavsumda hali maydonga tushmadi. Boz ustiga, futbolchilar jamoaning qaydnomasiga ham kiritilmadi.

"Chelsi" 13 sentyabr kuni safarda "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi. APL 4-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC