Saudiya Arabistoni grandi Brunuga yirik bitim taklif etmoqda

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 15:50
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi joriy transfer oynasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandeshning ehtimoliy transferi ustidagi ishlarni yana faollashtirdi.

Bu haqda "indykaila News" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Ar-Riyod klubi portugaliyalik xavbek uchun salmoqli summa - 100 mln funt to'lashga tayyor. Bundan tashqari, futbolchining o'ziga haftasiga taxminan 600 ming funt maosh bilan shartnoma taklif qilinmoqda, bu esa yillik hisobda qariyb 28,8 mln funtni tashkil etadi.

Fernandesh joriy mavsum "qizil iblislar"ning asosiy futbolchilaridan biri bo'lib qolmoqda. U barcha musobaqalarda 19 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta golli pas uzatdi, shu bilan jamoa yetakchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

29 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Shu bilan birga, Transfermarkt portalining baholashicha, uning hozirgi bozor qiymati 40 mln evroni tashkil etadi. Bu esa "Al Hilol"ning ehtimoliy taklifini juda ham saxiy qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News