Saudiya Arabistoni. 10 o'yinda 10 g'alaba: "Al Nassr" o'z maydonida "Al Uhdud"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Mirjalol Normatov
27 dek 2025, 21:51
Saudiya Arabistoni chempionatining 11-turida "Al Nassr" o'z maydonida "Al Uhdud"ni qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi.
Uchrashuvda portugaliyalik futbolchilar gol urishdi: Krishtianu Ronaldudan dubl va Joau Feliksdan bir gol. Shu orqali ushbu futbolchilar bir xilda 12tadan gol urib, chempionat to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilishmoqda.