Sarvarbek Safarov: “Maqsadimiz oliy ligada ishtirok etish edi”

Narzulla Saydullayev
28 noya 2016, 17:34
Bugun oliy liga o'tish bahsida Namanganning “Navbahor” hamda “Norin” jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.

Ushbu uchrashuvda “Navbahor” klubining qo'li baland keldi (3:1). Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng “Norin” jamoasi futbolchisi Sarvarbek Safarov o'yin haqida fikr bildirdi.

“Futbolda kuchlilar g'alaba qozonadi. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Maqsadimiz oliy ligada ishtirok etish, edi. Bizda golga tortadigan bir qator xavfli vaziyatlar bo'ldi, afsuski ulardan foydalana ololmadik. Omad yetishmadi, deb o'ylayman. Agarda biz omadliroq bo'lganimizda “Norin”  elitaga yo'llanmani qo'lga kiritardi. Bugun g'alaba qozonganimizda tarixga kirardik.

Birinchi bo'limda ular bir kishi kam bo'lib qoldi. Bu qaysidir tarafdan foyda berdi. Ikkinchi bo'limda biroz qizishib ketganim uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani qabul qilib oldim va maydondan chetlatildim. “Navbahor” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman”, - deydi “Norin” klubi futbolchisi Sarvarbek Safarov.

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia