Sarvar Jo'raev: “Uchinchi golda o'yindan tashqari holat bo'ldimi yoki bo'lmadimi, bilmayman”

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2017, 14:43
Kecha oliy liga 12-tur uchrashuvida Toshkentning “Paxtakor” klubi o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qildi va 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng “So'g'diyona” futbolchisi Sarvar Jo'raev o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Paxtakor”ga qarshi uchrashuv yaxshi o'tdi. Uyimizga hech bo'lmaganda 1 ochko bilan qaytamiz, deb o'ylagandik. Bahsning oxirida “Paxtakor” futbolchilari darvozamizni ishg'ol qilishdi. O'sha vaziyatda o'yindan tashqari holat bormidi yoki yo'qmidi bilmayman. Bizga biroz omad yetishmadi. “Sherlar”ga keyingi o'yinda omad tilayman”, deydi “So'g'diyona” futbolchisi Sarvar Jo'raev.



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia