

Ushbu bahsdan so'ng “So'g'diyona” futbolchisi Sarvar Jo'raev o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Paxtakor”ga qarshi uchrashuv yaxshi o'tdi. Uyimizga hech bo'lmaganda 1 ochko bilan qaytamiz, deb o'ylagandik. Bahsning oxirida “Paxtakor” futbolchilari darvozamizni ishg'ol qilishdi. O'sha vaziyatda o'yindan tashqari holat bormidi yoki yo'qmidi bilmayman. Bizga biroz omad yetishmadi. “Sherlar”ga keyingi o'yinda omad tilayman”, deydi “So'g'diyona” futbolchisi Sarvar Jo'raev.




