Sarri "Yuventus"da 36 yoshli darvozabonni ko'rmoqchi

Alisher
24 iyun 2019
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Milan" posboni Pepe Reynaga qiziqmoqda.

36 yoshli posbon mavsumlar oralig'ida jamoadan kyetishni rejalashtirayotgan Mattia Perinning o'rnini egallashi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sarri Reyna bilan "Napoli"da birga ishlagan. Ispaniyalik darvozabon mutaxassisning 2015 yildan 2018 yilgacha asosiy tanlovi bo'lgan.

Reyna "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Milan"dan tashqari "Barselona", "Vilyarreal", "Liverpul", "Napoli" va "Bavariya" klublarida o'ynagan.

Posbon 2005 yildan 2018 yilgacha Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato