Sarri: “Malmyo” bilan ijobiy natijaga erishishimiz lozim”

14 fev 2019, 21:34
“Chelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasida “Malmyo”ga qarshi bahs oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz oldimizga qisqa muddatli maqsad qo'yganmiz. Bugungi maqsad – kerakli natijaga erishish. Dushanba kuni Angliya kubogi chorak finaliga chiqishga urinamiz, keyin esa Angliya Liga kubogi finalida g'alaba qozonmoqchimiz. 0:6 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin bu gaplarni aytish g'alati tuyulishi mumkin, ammo biz g'alaba qozonmoqchimiz. Premer ligada yana peshqadamlar bilan raqobatlashmoqchimiz”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Chelsi” matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" расмий сайти