3 yildan beri ishsiz yurgan Sulsher sobiq jamoasini boshqarishni xohlamadi

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 15:27
Ole Gunnar Sulsher "Molde"ni boshqarish taklifini rad etdi.

Yakshanba kuni "Molde" jamoasi bosh murabbiy Erling Moeni iste'foga chiqargan edi. Bunga jamoa Norvegiya chempionatining yakuniga etgan mavsumini 5-o'rinda tugatgani sabab bo'lgan edi.

Klub Sulsherga jamoani boshqarish uchun taklif bilan chiqdi, ammo 51 yoshli mutaxassis sobiq jamoasiga qaytishni istamadi. Ole "Molde"ni 2011-2014 hamda 2015-2018 yillarda boshqargan.

Eslatib o'tamiz, Sulsher 2021 yilning noyabr oyida "Manchester Yunayted" boshqaruvidan iste'foga chiqarilganidan beri ishsiz yuribdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: vg.no