Sarri: "Kantening harakatlaridan hayron qoldim"

Mirjalol Normatov
1 sen 2018, 07:46
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Sesk Fabregasning holati borasida ma'lumot berdi. Shuningdek, Ngolo Kante haqida ham gapirdi.

"Seskdan hali ham foydalanib bo'lmaydi. U hozirda basseyndagi mashqlarni bajarmoqda. Keyingi haftaning yakunlariga maydonga qaytishiga umid qilmoqdaman. Uning jarohati borasida nimadir deya olmayman. Hozirda uning tizzasida muammolar bor. Hozircha u yaqin vaqtlarda o'yinga tushishiga kafolat bera olmayman.

Hozirda Jorjino jamoa uchun asosiy futbolchiga aylanmoqda. U mening futbolim qanday ekanligini yaxshi biladi. Ilk navbatda u jamoaga katta foyda bermoqda.

Kante - ajoyib futbolchi, istalgan poziciyada o'ynay oladi. Bu uning uchun muammo emas! Uning texnik harakatlaridan doimo hayron qolaman", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports