Sarri: “Kalyari”ga qarshi bahsda nimani ko'rishni istagan bo'lsam, shuni ko'rdim”

6 yanv 2020, 23:59
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauricio Sarri A seriya 18-turida “Kalyari”ga (4:0) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jamoa maydonda 90 daqiqa davomida o'z ustunligini namoyish etishga urindi. Ochig'i bugun yigitlardan qanday o'yinni istagan bo'lsam, shu o'yinni ko'rsatib berishdi.

Remsi? U mashg'ulotlarda astoydil ishlab, “forma”ga kirishga harakat qilmoqda. Jarohat va boshqa omillardan keyin nihoyat u o'zini “topib” olishga urinmoqda. Ajoyib o'yin o'tkazdi. Men uning va jamoaning bugungi o'yinidan mamnunman. De Ligt haqida gapiradigan bo'lsam, men uni birinchilardan bo'lib dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishini tushunib etdim. U oson bo'lmagan besh haftani o'tkazdi. U yangi mamlakat, yangi til, yangi chempionatga moslashib oldi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Janluka Di Marcio.

O'xshash yangiliklar


Manba: Журналист Жанлука Ди Марцио сайти