Sarri "Chelsi"dagi futbolchisini "Yuventus"ga olib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 may 2019, 22:55
"Chelsi" xavbeki Jorjinoning agenti Joao Santos agarda Mauricio Sarri "Yuventus"ni boshqaradigan bo'lsa, o'z mijozi ham u erga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.

O'tgan yozda Sarri va Jorjino birgalikda "Napoli"dan "Chelsi"ga o'tishgandi.

"Jorjino - professional, "Napoli"ning ashaddiy muxlisi emas. Unga Neapol shahri yoqadi, ammo bu u aynan ushbu jamoada o'ynashi shart degani emas. Agarda u faoliyatini yakunlayotganida shunday desa bo'lardi", - dedi agent.

Oldinroq "Yuventus" boshqaruvi Pep Gvardiolaga topshirilishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia