Sarri: "Chelsi" muxlislari Mourinyuni hurmat qilishi va uning muvaffaqiyatlarini yodda tutishi kerak"
Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 12:24
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri klub muxlislarining "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyuga bo'lgan munosabati haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" ishqibozlari Mourinyuning "Stemford Brij"dagi muvaffaqiyatlarini yodda tutishlari kerak. U ushbu klubda ko'plab musobaqalarda g'olib bo'ldi va biz "Chelsi"ga sovrin olib kelgan har bir insonni hurmat qilishimiz kerak" - deydi Sarri.