Sarri: "Bilmayman, balki Villianning shartnomasi 12 yillikdir"

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019, 16:26
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Villianning kelajagi borasidagi savolga javob berishni istamadi.

"Stop-stop-stop. Villianning shartnomasi haqida hech nimani bilmayman. Nima deb javob berishni ham bilmayman.

Balki uning shartnomasi 12 yillikdir, bilmayman. Bu borada xabarim yo'q.

Villian biz uchun juda ham kerakli futbolchi. Buni oldin ham aytganman.

Villian jamoada qolishi kerak deb hisoblayman", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports