Sarri: "100 mln. funt - Azar uchun juda past narx"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019, 17:43
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Vest Xem"ga qarshi bahsda (2:0) 2ta gol urgan Eden Azar o'yini haqida fikr bildirdi.

"Azar ajoyib o'yin o'tkazdi. U "Brayton" bilan bahsda ham yaxshi harakat qildi. Bizning omadimiz kelgan, chunki tarkibda bunday futbolchi bo'lsa, g'alaba qozonish oson.

100 mln. funt (116 mln. evro) - hozirgi bozorga e'tibor bersak, Eden uchun juda past narx. Azarga o'xshash futbolchini topish qiyin. Ammo u yangi tajribaga ega bo'lishni istasa, uni ushlab qolish qiyin bo'ladi. Biz Angliyaning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lmoqchimiz, ammo futbolchining qarorini hurmat qilish kerak" - deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC