
- “Spartak” bilan o'yin oldidan murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosan bir-birlarimizni yaxshiroq tushunib o'ynashga qaratilgan edi. Shuningdek, garchi nazorat uchrashuvi bo'lsa-da bizda “Spartak” ustidan g'alaba qozonib, Toshkentga yaxshi kayfiyatda qaytish rejasi ham bor edi. Afsuski, bir to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik. Eng muhimi – natija emas, balki tayyorgarlik jarayonining to'g'ri olib borilayotganidir. Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan tayyorgarligimizga yuqori baho bergan bo'lardim. Kun sayin yaxshi holatga kirib boryapmiz. O'ylaymanki, mavsum startigacha yuz foiz tayyor bo'lamiz, - deydi Sardor Rashidov.