

"O'yin yaxshi kechdi. Yaman terma jamoasi ham kuchli o'ynadi. Umuman hamma jamoalar futbol o'ynashni o'rganib olishgan. Osiyoda futbol kuchaydi. Odatda kim ko'proq g'alaba qozonishni istasa, o'sha yutuqqa erishadi. O'yinim? Bizda hali mavsum boshlangani yo'q. Jismoniy jihatdan tayyorgarligim optimal holatda emas. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand etishga harakat qilaman. Bugun jamoamiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdim", - deydi Sardor Rashidov.


