
Ahmadjon Musaev shogirdlari 1/8 finalda Gretsiya ustidan 3:1 hisobida zafar quchishdi. Endi O'zbekiston yoshlari 1/4 finalda Fransiya - Turkiya uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
Afsuski chorak finaldagi o'yinda O'zbekiston murabbiylari ikki markaziy himoyachi xizmatidan foydalana olishmaydi. Sardor Rahmonov ikkinchi sariq kartochkasini olgan bo'lsa, Bobur Yo'ldoshev qizil kartochka oldi. Shu sababli endi bu futbolchilar 6 iyul kuni o'yinni tomoshabinlar safida kuzatishadi. Shuningdek, ushbu o'yinda jarohat olgan Jamshid Iskanderov ham maydonga tusha olmaydi.