Sardor Rahmatullaev OFKning ijtimoiy masalalar bo'yicha qo'mitasi majlisida qatnashdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2016, 16:16
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Osiyo Futbol Federatsiyasining ijtimoiy masalalar bo'yicha qo'mitasi majlisida ishtirok etdi.

Ushbu majlis 18 oktyabr kuni, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tdi. Unda asosan ijtimoiy sohadagi ishlarni hal etish uchun uni moliyalashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Qo'mita yig'ilishini boshqarib borgan Ahmad Al Harbiy, qo'mita a'zolariga Saudiya Arabistoni qiroli – Sulton Bin Fahad Al Abdulaziz OFK ijtimoiy ishlarinini moliyalashtirishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Takidlash kerakki, Sardor Rahmatullaev ushbu qo'mita raisi o'rinbosari hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com