

Marosimni FIFA prezidenti – Yozef Blatter o'z nutqi bochib berdi.
So'ngra Cyurix shahri hokimiyati vakili Filipp Leuteneger, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi prezidenti Tomas Bax ham nutq so'zlashdi.
FIFA kongressi a'zolari FIFA qonun chiqaruvchi oliy organi bilan bugun Cyurixdagi “Hallenstadion”da uchrashadi va o'z ishini boshlaydi. Kongress kun tartibidagi asosiy masala - FIFA prezidentligiga nomzodlardan birinchi saylashdan iborat.
Ma'lumot uchun, FIFA prezidenti lavozimiga ikkita nomzod bo'lib, ulardan biri amaldagi FIFA prezidenti Yozef Blatter, ikkinchisi esa iordaniyalik shaxzoda Ali bin Husayn hisoblanadi.
FIFAning ushbu Kongressida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev ham ishtirok etmoqda. Unga O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev hamrohlik qilmoqda.



