Sardor Rahmatullaev OFK kubogi final uchrashuvini Tojikistonda tomosha qiladi

Narzulla Saydullayev
30 okt 2015, 12:22
O'FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev ertaga bo'lib o'tadigan OFK kubogi final uchrashuvini stadiondan tomosha qiladi.

"OFK ijroiya qo'mitasi a'zosi, O'FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev OFK taklifiga ko'ra, OFK Kubogi finalini tomosha qilish uchun Tojikistonga ketdi", - deb yoziladi O'FFning tvittyerdagi rasmiy sahifasida.

Ma'lumot uchun, OFK kubogi finalida Tojikistonning "Istiqlol" va Malayziyaning "Johor Darul Tazim" klublari to'qnash kelishadi. O'yin Dushanbe shahridagi "Pomir" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia